Sayt to’grisida

Barkamol shaxs tarbiya­sida, albatta, mehnat ta’li­mining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quv­chilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat ja­rayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasb­larni qadr­lashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi fani o‘qituv­chilarining asosiy vazifasiga kiradi.

Ushbu sayt Jizzax shahridagi 16-orta ta’lim maktabining mehnat ta’limi fani o’qituvchisi Rahimov Uyg’un Mustafoqulovichning shaxsiy blogi hisoblanadi.

Unda mehnat fani bo’yicha

O’QUVCHILAR o’zlariga mehnat fani taqvimiy mavzu rejalar, dars ishlanmalari, taqdimotlar, elektron kitoblar, fanga oid fotosuratlar, foydali veb resurslar, videodarslar, muhim atamalarning rus va ingliz tillaridagi tarjimalari bilan tanishishlari mumkin.

O’QITUVCHILAR esa dars ishlanmalari, presentatsiyalar, dars taqvimiy mavzuviy rejalar, elektron kitoblar, video va foto materiallar, fan bo’yicha didaktik materiallar, ta’lim to’g’risidagi asosiy qonun hujjatlar, foydali dasturiy vositalar, foydali veb sahifalar, muhim atamalarning rus va ingliz tillaridagi tarjimalari bilan tanishishlari mumkin.

Sizlarga yaxshi xordiq tilaymiz!

Maqsadimiz: Ta’lim, shu jumladan mehnat fanini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb qilishda hissa qo’shish.

 

One Response to “Sayt to’grisida”

  1. kimmi sayti bu

Leave a Reply